Yangi yo‘l MFYning "Shodlik" ko‘chasida bayramona kayfiyat: Davlat dasturi amalda!
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Rajabova o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarda aholi tomonidan ko‘plab muammolar va takliflar o‘rganib kelinmoqda.
Shunday murojaatlardan biri — tumanimizdagi "Yangi yo‘l" MFY, "Shodlik" ko‘chasi aholisidan kelib tushgan edi.
Yillar davomida yozda chang, qishda loy bo‘lgan bu ko‘chani tartibga keltirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish deputatning doimiy e’tiborida bo‘ldi.
Olib borilgan amaliy harakatlar va deputatlik so‘rovlari natijasida, ushbu ko‘cha Davlat dasturiga kiritilgan edi.