Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar maslaxat guruhi Uzun tumanidagi tashkilotlar faoliyatini oʻrgandi

Yoshlar maslaxat guruhi Uzun tumanidagi tashkilotlar faoliyatini oʻrgandi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslaxat guruhi tomonidan tumandagi tashkilotlar faoliyati o'rganildi.

Oʻrganishdan koʻzlangan asosiy maqsad — tashkilotda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning mehnat sharoitlari, ularning malakasini oshirish tizimi hamda sohaga doir qonun hujjatlarining ijrosini tahlil qilishdan iborat boʻldi.

Aniqlangan masalalar va bildirilgan takliflar asosida tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda koʻrib chiqish uchun Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga taqdim etilishi belgilandi.

Guruh aʼzolari bu kabi oʻrganishlar tumandagi barcha tashkilot va muassasalarda davom ettirilishini hamda asosiy maqsad yosh kadrlar salohiyatini oshirish uchun real koʻmak berish ekanligini qayd etishdi.