Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Uzun tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Uzun tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Uzun tumani "Yangi ro‘zg‘or" MFY, Juma Pirnazarov ko‘chasida reja asosida yangi beton ustunlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, eski elektr simlari hamon demontaj qilinmagan.

Hozirgi kunda bu eski simlar xavfli tarzda osilib yotibdi. Bu holat ko‘chadan o‘tuvchi aholi, ayniqsa, yosh bolalar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda hamda texnika xavfsizligi qoidalariga mutlaqo zid keladi.

Deputat Sanjarbek Toxirov tomonidan mazkur muammoni qisqa muddat ichida bartaraf etish va osilib yotgan eski elektr simlarini olib tashlash yuzasidan Uzun tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A.G‘afforovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.