Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati belgilandi

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan "yo'l xaritalari"da Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o'rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi" tasdiqlandi.

📌Ushbu rejaga asosan, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlariga o‘z okrugida 2026-yilda amalga oshiriladigan muhim dastur va loyihalar ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi biriktirildi.

⚖️Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur tashabbuslar hududda:
✅xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish,
✅yangi ish o‘rinlari yaratish,
✅tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,
✅mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

📍 Loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib boriladi hamda belgilangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi ta’minlanadi.