DEPUTAT NAZORATI: QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov 2-son texnikumi hududida bunyod etilayotgan yangi zamonaviy avtodromning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida deputat tomonidan quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ Qurilish ishlarining sifat darajasi va belgilangan me’yorlarga mosligi;
✅ Loyihaning yakunlanish muddatlariga rioya etilishi;
✅ Avtodromda talaba-yoshlar uchun yaratiladigan sharoitlar.Ushbu majmua kelgusida yoshlarning haydovchilik ko‘nikmalarini professional darajada egallashlariga va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini amalda puxta o‘rganishlariga xizmat qiladi.
Deputat qurilish sifatini nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalarini berdi.