Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI: IJTIMOIY KO‘MAK E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Allabergenov "Yangi Ashxobod" mahallasida bo‘lib,
fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
 

 Uchrashuvdan asosiy maqsad Viloyat hokimiga ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish.

Muloqot davomida fuqarolarning yashash sharoiti va ehtiyojlari batafsil ko‘rib chiqildi. Yakunda ehtiyojmand deb topilgan fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak fondidan moddiy yordam ajratilishi yuzasidan tegishli xulosa berilishiga kelishib olindi

 "Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining eng qisqa yo‘lidir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi," — deydi deputat B.Allabergenov.  

Slide 1 of 1