Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati

Xususan, “Archico Engineering Company” (Ozarbayjon) tomonidan hududda yangi ichimlik suv tarmoqlarini tortish jarayonlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar aholiga sifatli va uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Haftalik ish rejaga muvofiq mazkur jarayonlar Ekologik partiyadan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Matirzayev Shuxrat Shukurlayevich tomonidan deputatlik nazoratiga olindi. Nazorat davomida yangi suv quvurlarini yotqizish ishlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha o‘rganildi.

Aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lida bunday ishlar izchil davom etadi.

Slide 1 of 5