Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 27-apreldan 2-maygacha Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputatlarining haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan fa’oliyati
янв.21
DEPUTAT VA XALQ: O‘SMAT SHAHARCHASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
Deputat va soha mutaxassislari mahallada
янв.21
"Oʻrmonchi" mahallasida obodonlashtirish ishlari qizgʻin pallada
янв.21
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi (amalga oshirilishi) to’g’risida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida mahalla faollari yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar oldida axborot berildi.
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchilari muloqoti
“Yashil bog‘” loyihasining holati o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Matirzayev va M.O'razbayevlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qarori hamda xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 2025-yil 19-iyundagi VII-10-62-13-181-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Choyko‘l OFY hududida barpo etilgan “Yashil bog‘" loyihasining amaldagi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududda jami 1260 dona yirik hajmli ko‘chatlar ekilgani aniqlandi. Jumladan, 663 dona qayrag‘och hamda 597 dona yasen (shumtol) daraxtlari o‘tqazilgan.

Hozirgi kunda bog‘ hududi muntazam sug‘orilmoqda va ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi 96–98 foizni tashkil etmoqda. Bu esa amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 5