Baxmal tumanida mahalla faollari yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev "Qutlugʻobod" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholi bandligini ta’minlash va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan foydalangan holda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan koʻtarilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.