Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-14-11-8-116-K/26-sonli qarori bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.
Mazkur qaror asosida tumandagi ichki yo‘llarni yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilishi belgilangan.