O‘smatsoy kanalida ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov O‘smat SHFY hududidan oqib o‘tuvchi “O‘smatsoy” kanalida olib borilayotgan ta’mirlash va tiklash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va kelayotgan sug‘orish mavsumiga shayligini ta’minlash borasidagi ishlar holati tahlil qilindi.
Mas’ullarga ish unumdorligini oshirish va belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.