Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va soha mutaxassislari mahallada
янв.21
"Oʻrmonchi" mahallasida obodonlashtirish ishlari qizgʻin pallada
янв.21
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi (amalga oshirilishi) to’g’risida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida mahalla faollari yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar oldida axborot berildi.
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchilari muloqoti
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA HAMKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Baxmal tumanidagi "Usmat dehqon bozori"da oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Ulug‘nor Tumani Kengashi raisi X.Raximov payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kengash raisi yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi, muammolarini tinglab, amaliy yechimlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportni ommalashtirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda voleybol o‘yini tashkil etildi. Kengash raisi yoshlar bilan bir safda maydonga tushib, sport orqali jismoniy faollikni oshirish, jamoaviylik va do‘stlik
muhitini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va iqtidorini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 5