Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. Sharipov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurilloyev tomonidan tuman hududida avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar, shuningdek yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududlarda YTHlarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda tirbandliklarni kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish va yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur yo‘nalishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilab olinib, ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati