📌 Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati e’tiborda
Tuman Kengashi deputati N. Norqulov "Fidokor" MFY hududida joylashgan 4-son qishloq vrachlik punktida deputatlik nazoratini olib bordi.
O‘rganish davomida deputat quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
✅ Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati;
✅ Muassasaning dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
✅ Tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar va poliklinikaning sanitariya holati.
Muloqot davomida bemorlarning fikr-mulohazalari tinglandi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq manfaati va salomatligi — doimiy e’tiborimizda!