Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHI TOMONIDAN Hafta davomida amalga oshirilgan ishlari
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat va hokim o‘rinbosari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Keksalar nogironligi bo‘lgan va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ -415 sonli Qonuni ijrosi haqida
янв.21
“O’zbekiston Respublikasi Chiqindilar to’g’risi”dagi 362-II sonli Qonuni ijrosi to’g’risida
янв.21
Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!
янв.21
📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI
янв.21
“Deputat fuqarolarni qabul qildi”
Olmazor tumanida 243-umumta'lim maktabida "Mening maktabim-Mening farxim!" shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

Olmazor tumanida 243-umumta'lim maktabida "Mening maktabim-Mening farxim!" shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu tadbir o‘quvchilarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, vatanga muhabbatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir. "Mening maktabim-Mening farxim!" shiori ostida bo‘lib o‘tgan mazkur festivalda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdilar. 

Mazkur tadbirda okrug deputati Aminov Anvarxon Kazimovich so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga, bunday festivallarni tashkil etish orqali, biz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga, ular ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirishga, ma’naviyatning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillarini yangi bosqichga olib chiqishga, shuningdek, yoshlar qalbida, mehr-oqibat, hamjihatlik, shukronalik tuyg‘ularini rivojlantirishga erishishimizni ta’kidladi. 

️ Festival doirasida “O‘quvchilar ijodidan Mening maktabim”, "Start UP 2026" tabiiy fanlardan loyihalar tanlovlari, "O‘zbek xalq ijodi" o‘zbek xalq ijodini ko‘rsatib beruvchi kuy va qo‘shiqlar ijrosi, "O‘quvchilarning qo‘l mehnati" ko‘rgazmalari, "Allomalar merosi va tarixiy shaxslar" obrazlarini yaratish, "Aqlli uy" loyihalar taqdimoti, "Eng mazali osh" tanlovi shuningdek, maktab o‘quvchilarining allomalar obrazida badiiy chiqishlari namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar doshqozonda tayyorlangan sumalakni ochib, ezgu niyatlar qilishdi.

 Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi yosh avlodni madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga keng zamin yaratadi.

Slide 1 of 11