Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumani. Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Farxod Ibragimov tomonidan tumandagi Ko‘tarma mahallasida joylashgan “O‘zbekiston” oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida muassasada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, mavjud shart-sharoitlar, tibbiy jihozlar holati hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati tahlil qilindi.

❇️Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, tibbiy xizmatlarning samaradorligi va murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi yuzasidan ham tegishli o‘rganishlar olib borildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Mazkur o‘rganishlar aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda tizim faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4