Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat va hokim o‘rinbosari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Keksalar nogironligi bo‘lgan va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ -415 sonli Qonuni ijrosi haqida
янв.21
“O’zbekiston Respublikasi Chiqindilar to’g’risi”dagi 362-II sonli Qonuni ijrosi to’g’risida
янв.21
Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!
янв.21
📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI
янв.21
“Deputat fuqarolarni qabul qildi”
янв.21
Tabriknoma
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati saylovchilar oldida hisobot berildi.
Deputat axboroti

Uchtepa tumanida deputat va fuqarolar uchrashuvi - ochiq muloqot va aniq rejalarga yo‘l

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “3-Istirohat” okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich o‘z saylov okrugidagi “Shaftolizor” hamda “Istirohat” mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv deputatning 2026-yil I chorakdagi faoliyati sarhisobi hamda kelgusidagi vazifalarni belgilashga bag‘ishlandi.

 📝 Uchrashuv avvalida deputat tomonidan birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan davr mobaynida fuqarolar murojaatlari asosida 4 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, ular yuzasidan mutasaddi tashkilotlardan tegishli javoblar olingan. Bu esa deputatlik nazorati amalda olib borilayotganini ko‘rsatadi.

 🗣 Shundan so‘ng uchrashuv fuqarolar qabuli shaklida davom etib, fuqarolar tomonidan moddiy yordam, ijtimoiy himoya, ishga joylashish, kadastr hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Deputat barcha savollarga huquqiy javob berib, ayrim masalalarni tegishli tashkilotlar orqali hal etish uchun nazoratga olishini va bu bo‘yicha yana ma’lumot berishini aytib o‘tdi.

 🗣 Mazkur uchrashuvda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etdi. U tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, ko‘chalarni obodonlashtirish, jumladan “Istirohat” ko‘chasini asfaltlash hamda avtobus bekatlari bilan bog‘liq masalalar haqida ma’lumot berdi.

 📁 Uchrashuv yakunida barcha masalalar bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, aniq vazifalar mahalla yettiligi bilan birgalikda taqsimlandi. Shu bilan fuqarolar va deputat o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Slide 1 of 5