Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududdagi ob’yekt holati o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi 18-Olmos saylov okrug deputati A. Sharipov tomonidan Qalqon mahallasida joylashgan 115-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

❗️ O‘rganish jarayonida muassasaning yer to‘la qismi holati ko‘zdan kechirilib, ayniqsa muhandislik kommunikatsiyalari, jumladan, quvur tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔧 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

🗣 Bolalar uchun xavfsiz va munosib sharoit yaratish — doimiy nazoratda.

Slide 1 of 1