Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq bilan muloqot: Mahalla yettiligi bilan ishlash tizimi amalda

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Buzurukxodjayeva Ozodaxon Isaxanovna 16-sonli "Donishmand" saylov okrugiga qarashli Oydinko'l mahallasida bo'lib, aholi muammolarini joyida o'rgandi.

🔰 Suhbat davomida quyidagi ustuvor masalalarga e'tibor qaratildi:

Ijtimoiy himoya va bandlik: Yoshlar yetakchisi va hokim yordamchilari bilan hamkorlikda ishsizlikni kamaytirish choralari tahlil qilindi.

Tibbiyot va sport: Sifatli tibbiy xizmat, bepul dori-darmon ta'minoti hamda sport inshootlarining holatini yaxshilash.

Kommunal va infratuzilma: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati, yo'llar holati, yoritish tizimi hamda energiya resurslarini ta'minlash muhokama qilindi.

✔️ Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar Kengash sessiyalari muhokamasiga kiritilishi va nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 1