Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat va hokim o‘rinbosari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Keksalar nogironligi bo‘lgan va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ -415 sonli Qonuni ijrosi haqida
янв.21
“O’zbekiston Respublikasi Chiqindilar to’g’risi”dagi 362-II sonli Qonuni ijrosi to’g’risida
янв.21
Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!
янв.21
📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI
янв.21
“Deputat fuqarolarni qabul qildi”
янв.21
Tabriknoma
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati saylovchilar oldida hisobot berildi.
Deputat mahallada

 YOSHLAR-KELAJAK BUNYODKORI: BANDLIK VA IMKONIYATLAR MANZILI 

15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova
tomonidan mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi va ularning bandligini
ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi
tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va yoshlarning ijtimoiy loyihalardagi
ishtiroki tahlil qilindi.
 

 Yoshlar
yetakchisining tashabbusi va ko‘magi bilan qisqa fursat ichida salmoqli
natijalarga erishildi:
 

 18 nafar ishsiz
yoshlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi;
 

Yoshlar uchun yaratilgan imtiyozli kreditlar
imkoniyatidan samarali foydalanildi;
 

Kredit mablag‘lari evaziga yoshlar o‘z tadbirkorlik
faoliyatini boshlab, muqim daromad manbaiga ega bo‘ldilar.
 

Deputat D. Komilova yoshlar yetakchisining faolligini
ta’kidlab, har bir yigit-qizning o‘z iqtidorini namoyon etishi va jamiyatda o‘z
o‘rnini topishi uchun davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanish
zarurligini qayd etdi.