Taxiatosh yo‘nalishida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
🚧 Taxiatosh tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega D154 “A380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu – Taxiatosh shahri” avtomobil yo‘lining 0–1,3 km qismida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
👷♂️ Qurilish jarayoniga:
▪️ 10 dan ortiq maxsus texnika
▪️ 15 nafardan ziyod ishchi kuch jalb etilgan
📊 Barcha ishlar belgilangan reja asosida tizimli ravishda olib borilmoqda.
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Aralbaeva Inkar Karlibaevna ushbu jarayon bilan joyiga chiqqan holda tanishib, deputatlik nazoratini amalga oshirdi.
📍 Yo‘llarning ta’mirlanishi:
▪️ transport harakatini yengillashtiradi
▪️ aholiga qulaylik yaratadi
▪️ hududning iqtisodiy faolligini oshiradi
🌱 Bunday infratuzilma ishlari tumanimiz rivoji va aholi farovonligiga xizmat qiladi.