Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR TAQDIRI DEPUTAT E’TIBORIDA:
янв.21
MAKTAB SPORT ZALLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Yoshlar muammolari deputat e’tiborida:
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag'allikdan chiqarish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada kambagʻallikni qisqartirish choralari koʻrilmoqda
янв.21
Ona tabiatga daxldorlik: Deputat tashabbusi amalda
янв.21
Fidokor mahallasidagi suv muammosi deputat nazoratida:
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI: KO‘RBULOQ QISHLOG‘I YO‘LLARI OBOD BO‘LMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi: Mahalla yo‘llari xavfsiz hududga aylanadi!
Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda

Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tashabbusi bilan “Baxmal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi.

Mamlakatimizda “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” tamoyillari asosida hududlarni tartibga keltirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomi sifatida Baxmal mahallasida o‘tkazilgan tadbirda hudud infratuzilmasini yaxshilash va ekologik holatni barqarorlashtirish asosiy maqsad etib belgilandi.

Hamjihatlik — obodlik asosi
Deputat tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur hasharda mahalla faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida mahalla markaziy ko‘chalari hamda ichki yo‘llar bo‘yidagi chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlash ishlari bajarildi. 

Slide 1 of 3