CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
Ayni kunlarda Qiziltepa tumanidagi dala maydonlarida chigit ekish ishlari davom etmoqda. Bugun O‘rtacho‘l yulduzi hududida ham ushbu ishlar boshlab yuborildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ra’no Valiyeva rahbarligidagi "Valiobod" fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, tegishli mas’ullar va hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Joriy yilda O‘rtacho‘l yulduzi hududidagi 29 ta fermer xo‘jaliklarining 723 gektar maydonlarida xorijiy nav, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan "Xin Lu Zao-87" navli chigitlar terim kombaynida terishga moslab, ya’ni 76x10 o‘lchamda qo‘shqator usulida ekilishi rejalashtirilgan.