Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tashabbusli budjet"dagi loyihalarga yangicha yondashuv
янв.21
Baxmal tumanidagi 62-sonli maktab yangi qiyofa kasb etmoqda:
янв.21
BAXMALDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BAXMAL TUMANIDAGI "NURCHAMAN" KO‘CHASI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR TAQDIRI DEPUTAT E’TIBORIDA:
янв.21
MAKTAB SPORT ZALLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Yoshlar muammolari deputat e’tiborida:
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag'allikdan chiqarish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada kambagʻallikni qisqartirish choralari koʻrilmoqda
DEPUTAT NAZORATI

Joriy yilning 26-mart kuni xalq deputatlari shahar Kengashi raisi H.Ernafasov, shahar Kengashi kotibiyat mudiri E.Davlatov va shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi M.Xudayberdiyevalar shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Komilov ishtirokida shahardagi ko‘p qavatli uylarning liftlar ishlash holatini o‘rganishdi. O‘rganish jarayonida shaharda jami 77 ta ko‘p qavatli uylarda 180 ta lift ishlab turganligi, liftlarni ta’mirlash, o‘rnatish hamda doimiy nazorat qilish “Ko‘p qavatli uylardagi liftlarga xizmat ko‘rsatish” MCHJ tomonidan amalga oshirilishi, dastlabki manzilli dasturga asosan 2026-yilda 12-kichik tumandagi 57-uyning lifti yangisiga almashtirilishi hamda 2-kichik tumandagi 27, 8, 9, 1, 2-uylarning liftlari ta’mirlanishi rejalashtirilganligi aniqlandi. Deputatlar ko‘p qavatli uylardagi liftlarni doimiy ravishda ishlashini ta’minlash, ko‘zatuv kameralari o‘rnatilmagan liftlarga ko‘zatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Slide 1 of 6