Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan tumandagi Ag'ron mahallasidagi oilaviy poliklinikasida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan taʼminlash holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida poliklinikada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga yetkazib berilishi, shuningdek, bemorlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda dori-darmon taʼminotini yana-da yaxshilash zarurligi qayd etildi.
Shu bilan birga, tibbiyot muassasasi masʼullari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholini sifatli tibbiy xizmat hamda zarur dori vositalari bilan taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan bu kabi o‘rganish ishlari doimiy ravishda davom ettiriladi va aholi manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.