Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR TAQDIRI DEPUTAT E’TIBORIDA:
янв.21
MAKTAB SPORT ZALLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Yoshlar muammolari deputat e’tiborida:
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag'allikdan chiqarish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada kambagʻallikni qisqartirish choralari koʻrilmoqda
янв.21
Ona tabiatga daxldorlik: Deputat tashabbusi amalda
янв.21
Fidokor mahallasidagi suv muammosi deputat nazoratida:
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI: KO‘RBULOQ QISHLOG‘I YO‘LLARI OBOD BO‘LMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi: Mahalla yo‘llari xavfsiz hududga aylanadi!
🔰#Jamoatchilik nazorati.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati masʼul xodimlari tomonidan “Olmazor” MFY hududida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda liftlarni ishlashi holati bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

🔸Tadbir davomida "Olmazor siti" hududida joylashgan ko‘p qavatli 27 va 28-uylarining liftlari ishlamayotganligi, 27-uyning yerto‘lasida suv to‘planib qolganligi. Shuningdek, kommunikatsiya kabellari ham osilib, tartibsiz holatda ekanligi aniqlandi. 

🔸Ushbu yuqoridagi muammolarni bartaraf etilishi bo‘yicha, deputatlar tomonidan tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi hamda deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

🔸Deputatlar tomonidan mazkur ishlar bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.

Slide 1 of 6