Tog‘li hududlarida xavfsizlik kuchaytiriladi: Kuzatuv kameralari o‘rnatiladi
Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda komissiya raisi A.Baratov, komissiya a’zolari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S.Primov ishtirok etdi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Karamanov tomonidan kiritilgan bildirgiga asosan tumandagi tog‘li hududlardagi mahallalarda kuzatuv kameralarini o‘rnatish bilan bog‘liq harajatlarga 50.8 mln so‘m ajratish kerakligi muhokama etildi.
Yig‘ilish so‘nggida Kengash qarori loyihasini tayyorlash va uni regulation.gov.uz muhokama portaliga joylash yuzasidan kotibiyat bosh mutaxassisi S.Primovga ko‘rsatmalar berildi.