Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputat nazorati: Temirqadam MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
AMALIY NATIJA VA XALQ ROZILIGI
янв.21
XALQ MANFAATI — HAR NARSADAN USTUN: BAXMALLIK DEPUTATNING TASHABBUSI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, 29.08.1996-yildagi 265-I-sonli qonuni targ‘iboti haqida
янв.21
"Deputat nazorati: 'O‘rmonchi' MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
Ekologik xavfsizlik va tabiatni muhofaza qilish
янв.21
Deputatlik faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tizimli ravishda olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi faoliyati
янв.21
Uzunbuloqda ichki yo‘l muammosi: Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Baxmal tumani "Yangibog‘" mahalla fuqarolar yig'inida samimiy muloqot
AMALIY NATIJA VA XALQ ROZILIGI

AMALIY NATIJA VA XALQ ROZILIGI: DEPUTAT XONDAMIR NORQULOVNING TASHABBUSI BILAN "UZUNBULOQ"DA ISHLAR QIZG‘IN!

Xalq vakili bo‘lish — bu shunchaki unvon emas, balki xalqning dardini o‘ziniki deb bilish, muammolarni joyida hal etishdir. Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati Norqulov Xondamir aynan shunday qat’iyatli va faol deputatlarimizdan biri ekanini amalda isbotlamoqda!

Murojaatdan — Amaliyotga!

Kuni kecha "Uzunbuloq" MFY, Zafarobod qishlog‘i aholisi, ayniqsa, Fayzulla Xo‘jayev ko‘chasida yashovchi yurtdoshlarimizdan kelib tushgan murojaat deputat tomonidan e’tiborsiz qoldirilmadi. Ushbu ko‘chaning 1000 metrli qismi uzoq vaqtdan beri abgor holatda bo‘lib, yog‘ingarchilik kunlari aholi va maktab o‘quvchilari uchun katta qiyinchilik tug‘dirayotgan edi.

Deputat X. Norqulovning tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yo‘llagan qat’iy deputatlik so‘rovi natijasida muammo ijobiy hal etildi.

Yo‘llarga shag‘al to‘kilmoqda!

Bugun mazkur ko‘chada ishlar qizg‘in tus olgan. Deputatning bevosita nazorati ostida maxsus texnikalar yordamida yo‘lga shag‘al to‘kish va tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu 1 kilometrlik masofaning tartibga keltirilishi nafaqat transport vositalari, balki har kuni bilim dargohiga qatnaydigan bolajonlarimiz va nuroniy otaxon-u onaxonlarimiz uchun ham munosib sovg‘a bo‘ldi.

Xalq dardi — Deputat e’tiborida

Xondamir Norqulovning bunday tashabbuskorligi va xalq dardiga befarq emasligi bugun Zafarobod qishlog‘i ahli tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. "Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar tumanimiz obodligi yo‘lidagi muhim qadamdir.

"Bizning eng oliy maqsadimiz — xalqimizni rozi qilish va ularning og‘irini yengil qilishdir," — deydi deputatimiz.

Biz xalq dardi bilan yashayotgan, har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini his qilgan deputatimiz X. Norqulovga minnatdorchilik bildiramiz. Mutasaddilardan esa ishning sifatli va to‘liq yakunlanishini kutib qolamiz.

Baxmalning fidoyi farzandlari — obod mahalla poydevori!

Slide 1 of 4