Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi 637-sonli qonuni targ‘iboti haqida
янв.21
"Deputat nazorati: Temirqadam MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
AMALIY NATIJA VA XALQ ROZILIGI
янв.21
XALQ MANFAATI — HAR NARSADAN USTUN: BAXMALLIK DEPUTATNING TASHABBUSI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, 29.08.1996-yildagi 265-I-sonli qonuni targ‘iboti haqida
янв.21
"Deputat nazorati: 'O‘rmonchi' MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
Ekologik xavfsizlik va tabiatni muhofaza qilish
янв.21
Deputatlik faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tizimli ravishda olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi faoliyati
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V. Xasanov tomonidan shaharning Taraqqiyot mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Guliston shahri Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 4-uy hamda N. Zokirova ko‘chasidagi 48-uy ko‘p qavatli turar joy binolarining tom qismini ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi va binolarning bugungi kundagi holati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Yagona buyurtmachi” DUK tomonidan mas’ul boshqaruv kompaniyasiga mazkur uylar tom qismini ta’mirlash uchun 1200 dona shifer hamda 950 dona to‘sin xarid qilib berilgan.

Bugungi kunda ushbu ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasi joyida ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 4