Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar Sanchiqul mahallasi aholisiga tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 350-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Sanchiqul mahallasi aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan mazkur Qonun bilan mahalla fuqarolar yig‘inlarining vakolatlari kengaytirilayotgani, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyati yanada mustahkamlanayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mahalla tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normalar haqida batafsil tushuntirish berildi..

Slide 1 of 3