Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

37-manzil kolonnasidagi kutubxona faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi

Xalq deputatalari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati J.Ochilov 37-manzil kolonnasiga tashrif buyurib, muassasada mahbuslar uchun yaratilgan kutubxona sharoiti bilan tanishdi. Tashrif davomida kutubxona moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, adabiyotlar mazmuni va yangilanish darajasi o‘rganildi. Aniqlanishicha, bugungi kunda kutubxonadagi kitoblar soni yetarli emas. Mavjud adabiyotlar bir qismi ma’nan eskirgan bo‘lib, zamonaviy yangi nashr bilan boyitish zarurati mavjud. Ma’nan eskirgan adabiyotlar ro‘yxatdan chiqarish masalasida muammolar borligi ma’lum bo‘ldi. Deputat tomonidan mas’ul rahbarlarga kutubxona fondini inventarizatsiyadan o‘tkazish, ma’nan eskirgan adabiyotlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarish hamda zamonaviy, ma’rifiy va kasbiy yo‘nalishdagi yangi kitob bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mahbuslarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida davra suhbatlari tashkil etish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3