Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich tomonidan tumanning “Karsagan” mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida 2026-yil 13-mart kuni 76-ds-402-26-sonli deputatlik so‘rovi Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minov nomiga yuborildi.
Mazkur deputatlik so‘rovining ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda ijobiy natijalarga erishilishi kutilmoqda.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati