Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Chilonzor va Shayxontoxur tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida amaliy uchrashuv.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi Kotibiyati xodimlari ish faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Xalq deputatlari Shayxontoxur tuman Kengashi Kotibiyatiga tajriba almashish tashrifi bilan bordi.

Tashrif doirasida Shayxontoxur tuman Kengashi kotibiyatida yo‘lga qo‘yilgan ish tizimi, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash amaliyoti, hujjat aylanmasi, shuningdek Kengash sessiyalari va komissiyalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hududlardagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashdilar.

Ta’kidlanganidek, bunday tajriba almashish tadbirlari mahalliy Kengashlar faoliyatini rivojlantirish va deputatlik faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi