Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 1-okrug deputati F.Nazarov okrugidagi Yonarik mahallasi Ahil 1-berk ko‘chasi aholisining “uylarda elektr energiyasi bilan bog‘liq masala” yuzasidan murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputat masalani o‘z nazoratiga olib, fuqarolarning murojaatiga ko‘ra Axil 1-berk ko‘chasiga beton ustun hamda SIP kabel o‘rnatish masalasini tegishli mutasaddilarga yetkazishini, agar masala yechimini topmasa navbatdagi doiymiy komissiya yig‘ilishiga kiritishini bildirdi.