Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Xo‘jamqulov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat D.Hayitovalar Istiqlol mahallasi saylovchilari tomonidan mahallaning Bobur ko‘chasidagi elektr simlarining
temir beton ustuni aholining serqatnov ko‘chasida avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun noqulaylik tug‘dirayotganligi bois ushbu beton ustunini boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida ushbu masala bo‘yicha Dehqonobod tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarilishi va deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.