Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida

Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026 yildagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash yuzasidan Toyloq tumanida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi, deputat Mo‘tabar Yo‘ldosheva ishtirok etib, so‘zga chiqdi. U o‘z ma’ruzasida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda hududlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga batafsil to‘xtaldi.

Deputat o‘z chiqishida davlatimiz rahbari mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda hokimlar va “mahalla yettiligi” a’zolarida metodik bilim va amaliy tajriba yetishmayotgani, shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan ularga yetarlicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilmayotgani haqida bildirgan tanqidiy fikrlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Toyloq tumanida barcha sohalarda ishlarni jadal tashkil etish, aholini ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar tomonidan kuchli jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aholi farovonligini oshirish yo‘lida barchani birdek mas’uliyat bilan ish olib borishga chaqirildi.

✈️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3