Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi to'g'risida
янв.21
"O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon" formatida uch tomonlama uchrashuvi to'g'risida
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 23 июндаги “Ўзбекистон Республикасида маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини 2030 йилга қадар ривожлантириш” концепцияси тасдиқлаш тўғрисидаги ПФ-98 Фармони бўйича
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati ish rejasiga muvofiq “Deputatning bir kuni” loyihasi doirasida tuman Kengashi raisi, 5-Sarmich saylov okrugi deputati Dilfuza Uralova tomonidan bir qator uchrashuv va o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

➡️ Mahalla aholisi bilan ochiq muloqot

Dastlab, deputat “Sarmich” mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda aholining murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

➡️ Sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi

Shundan so‘ng, tuman rahbari Dilfuza Uralova haftalik ish rejasiga muvofiq Boyovut tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, “AZIZBEK FORINVEST” MCHJ hamda “BAXMAL SOY 555” oilaviy korxonasida bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari va mahsulot sifati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlov mexanizmlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

➡️ Mehnatkash terimchilar mehnati qadrlanmoqda

Kunning ikkinchi yarmida Boyovut tumani paxtazorlarida yig‘im-terim jarayonlari bilan tanishuv o‘tkazildi. Deputat Dilfuza Uralova hasharchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirdi. Ular bilan samimiy muloqotda bo‘lib, hasharchilarning daromadi barakali bo‘lishini, xirmonlarga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik, oilalarga ahillik va barchaga salomatlik tiladi.

Mazkur tadbirlar “Deputatning bir kuni” loyihasi doirasida o‘tkazilib, deputatning xalq bilan bevosita muloqoti, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga qaratilganini ta’kidlash joiz.

Slide 1 of 9