Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navbahor” mahallasi 53-maktabida “Obod qalb – Obod yurt” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov, maktab direktori hamda mahalla yoshlar yetakchisi ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga samimiy tilaklar va hayotiy maslahatlarini bildirdilar.

Tadbir davomida yoshlarning ilmga chanqoqligi, yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat hissini yuksaltirish, o‘z maqsad va orzulari sari qat’iyat bilan intilish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va sog‘lom dunyoqarash har bir insonning hayotida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida esa faol, bilimga intiluvchan va ibratli o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bu esa ularning yanada yuqori marralarni zabt etishida katta rag‘bat bo‘ldi.

Slide 1 of 7