Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25 sentyabr kuni Mirobod tumani hokimligida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi o‘tkazildi. 

Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulruh Agzamova, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilish onlayn tarzda jamoatchilik uchun jonli efirda namoyish etildi.

Kun tartibida tuman hududidagi bir qator muhim yo‘nalishlardagi ijro faoliyati yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi. 

Jumladan:

️Tuman Adliya bo‘limi,

️“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi,

️Tuman tibbiyot birlashmasi,

️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘limi,

️Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlari 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha hisobot berdilar.

Har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan asosli savollar berildi, amaliy taklif va tashabbuslar bildirildi. Sessiya yakunida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulruh Agzamova tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan fikrlar bildirildi. 

Xususan:

️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar,

️Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash,

️Manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish mexanizmlari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, turli sohalarda korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini kuchaytirish, muammolar va amaliy yechimlar bo‘yicha bir qator takliflar ham bildirildi.

Yig‘ilish so‘ngida, sessiya — Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim siyosiy platforma sifatida baholandi.

Slide 1 of 18