Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Deputat_munosabati

"Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yangi bosqich"

    Yaqinda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimiz taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi.

 Davlatimiz rahbari nutqida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investisiya muhitini yaxshilash, sanoat va innovatsiya sohalarida yangi imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, raqamli iqtisodiyot va “yashil iqtisodiyot”ni jadal rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy loyihalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

 Biz, mahalliy Kengash deputatlari sifatida, mazkur g‘oya va tashabbuslarning hayotga tatbiq etilishida faol ishtirok etishga tayyormiz. Xususan, tumanimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarning biznes sohasidagi faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni davom ettiramiz.

 Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikrlar tumanimizda ham tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratishga, investisiyalarni jalb qilishga va xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizning yo‘nalishini belgilab berdi.

 Shu ma’noda, har bir deputat xalq ishonchini oqlab, tadbirkorlikka oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va qonun ustuvorligini ta’minlashda o‘z mas’uliyatini yanada oshirishi zarur.

 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Shavkatjon Muqumov

 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati