Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Yangiobod tumanida sayyor qabul

Mamlakatimizda aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha samarali tizim joriy etilgan. Shulardan biri — sayyor qabul institutidir. Bu jarayon davlat idoralari va rahbarlarning bevosita hududlarda fuqarolar bilan uchrashuvi, ularning murojaatlarini joyida tinglash va amaliy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. 

Sayyor qabul — davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotning samarali ko‘rinishidir. Bu jarayon nafaqat muammolarni joyida hal etish, balki aholining davlat siyosatiga ishonchini oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlashga ham xizmat qiladi. 

2025-yil 24-sentabr kuni Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi, tuman hokimi I.Qarshiboev Sarmich mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda tuman IIB boshlig‘i J.Xo‘janov ishtirok etdi. 

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan turli masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglanib, ularni joyida hal etish choralariga kirishildi. 

Ayrim murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 6