Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi to'g'risida
Aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish masalalari o‘rganildi

 Aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish
masalalari o‘rganildi
 

  

Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat
qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish,
respublika miqyosida teatr, sirk va turli ommaviy-madaniy tadbirlarni tizimli yo‘lga
qo‘yish, iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim
muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari va o‘quv-metodik adabiyotlar
bilan ta’minlash — bugungi kunda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
 

Shu maqsadda tuman Kengashining “Ijtimoiy
soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”
raisi, deputat Ozodaxon Dadajonova hamda deputat Shuxratjon Raximov
Mehnatobod MFY hududidagi 67-sonli “Istiqlol madaniyat markazi”da o‘rganish ishlarini
olib bordilar.
 

O‘rganish davomida markazda faoliyat
yuritayotgan xodimlar bilan aholi madaniy ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish, turli
ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, havaskorlik
va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi
bo‘yicha muloqot tashkil etildi.
 

Shuningdek, markaz hududida olib borilayotgan
qurilish, ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham o‘rganilib, kelgusida
aholiga yanada munosib madaniy xizmatlar ko‘rsatish uchun qo‘shimcha taklif va tavsiyalar
berildi.
 

Mazkur tashrifdan maqsad aholi, ayniqsa,
yoshlarning ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirish, ularning iste’dodini ro‘yobga
chiqarish va madaniy hayotdagi ishtiroki uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish
bo‘yicha takliflarni berishdir.
  

Slide 1 of 6