Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baxmal tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputati tashabbusi bilan fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi va saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Jumladan, “Qorasaroy”, “Guruchariq” va “Chinniobod" mahalla fuqarolari uchun deputat ko‘magida sog‘liqni saqlash muassasalari va xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Raxmatullayev bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida terapevt, kardiolog, pediatr, oftalmolog va boshqa soha mutaxassislari tomonidan aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur hollarda chuqurlashtirilgan maslahatlar va davo choralari belgilandi. Ayniqsa, keksa yoshdagilar, ayollar va yoshlar salomatligiga alohida e’tibor qaratildi.

 Tibbiy ko‘rikdan tashqari, deputat T.Bobomuratov o‘z saylovchilari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Unda deputat joriy faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, yechim topgan muammolar hamda istiqboldagi rejalar haqida atroflicha axborot berdi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va fikrlarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida bildirilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida zarur choralar belgilandi. Deputat tomonidan barcha murojaatlar bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

️Mazkur tadbirlarga aholi vakillari tomonidan chuqur e’tirof va minnatdorchilik bildirilib, bunday amaliy yordam va tashabbuslar aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi hamda ijtimoiy farovonligini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 13