Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi to'g'risida
янв.21
"O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon" formatida uch tomonlama uchrashuvi to'g'risida
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 23 июндаги “Ўзбекистон Республикасида маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини 2030 йилга қадар ривожлантириш” концепцияси тасдиқлаш тўғрисидаги ПФ-98 Фармони бўйича
KENGASH FAOLIYATI :

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 22-avgust kunida "Tumanni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar" yuzasidan navbatdagi yettinchi chaqiriq o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya ishiga tuman adliya bo'limi rahbari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, kun tartibiga tegishli tuman tashkilot rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi E.R.Avazov boshqarib bordi. 

Kun tartibidagi birinchi masala - Jarqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Alimardonovning 2025-yilning 6 oyi davomida soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi, unga oid prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi ularning soliq qarzdorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilinishi belgilangan bo'lib, ammo ushbu rahbar tomonidan mas’uliyatsizlikka yo'l qo'yilib, sessiyaga taklif etilishiga qaramasdan ishtirok etmadi. Bu bo'yicha Kengash tomonidan tegishli boshqarmasiga belgilangan tartibda keskin chora ko'rilishi yuzasidan so'rov yuborilishi belgilandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala - Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining 2025-yil 1-yarim yillikda tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati haqida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R.Sultonov soʻzga chiqib, tumanda huquqiy targ‘ibotni keng amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan axborot berdi.  

Kun tartibidagi uchinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tumanda 2025-yilning iyul-avgust oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Naimov hisobot berdi.  

Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning savol, fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. 

Kun tartibidagi qolgan 9 ta masalalar Kengashning tegishli doimiy komissiyalarida deputatlar muhokamasiga qo'yilgan bo'lib, xalq deputatlari tuman Kengashining mazkur sessiyasida tegishli qarorlari qabul qilindi.  

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 11