Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Vobkent tumanidagi foydalanilmayotgan obyekt asosida sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Shunday murojaatlardan biri — Vobkent tumanidagi “Panob” MFY “Xurram” aholi punktida joylashgan, Buxoro viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasiga qarashli va uzoq yillardan buyon foydalanilmayotgan harbiy texnika mutaxassisligi bo‘yicha chaqiriluvchilarni tayyorlash markazi — “Avtodrom” obyektiga, shuningdek, XII–XIII asrlarga oid “Chashmai Ayyub” hazirasini ta’mirlash va obodonlashtirish masalalariga oid murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi PQ–423-sonli “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur obyekt Vobkent tumanida tashkil etilishi belgilangan sanoat zonasi tarkibiga kiritilgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, “Avtodrom” obyektining 8,0 gektar maydonini tuman hokimligi zaxirasiga o‘tkazish taklifi ilgari surilgan.

Bugungi kunda mazkur yer maydoni tuman hokimligi balansidan Buxoro kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyaga biriktirilgan. Shu bilan birga, yerga doir zarur hujjatlar va kadastr ma’lumotlari tuman kadastr palatasi tomonidan tayyorlab berilgan.

Hozirda ushbu hududni kichik sanoat zonasi sifatida shakllantirish, yer maydonlarini lotlarga bo‘lib, E-auksion savdolariga chiqarish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yaqin kelajakda mazkur hudud obod maskan va zamonaviy ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, ko‘plab ish o‘rinlari yaratilgan iqtisodiy markazga aylanishi kutilmoqda.  

Slide 1 of 5