Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
Saylovchilar bilan ochiq muloqot

 Saylovchilar bilan ochiq muloqot 

18.08.2025 

Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Qaxramon Makarov Xuvaydo saylov
okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
 

Uchrashuv davomida okrug hududiga kiradigan
“Qo‘riq” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligining hisoboti tinglandi. Hisobotda
mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar,
yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning natijalari atroflicha
yoritildi.
 

Saylovchilar tomonidan kundalik turmushda
dolzarb bo‘lgan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, infratuzilmani yaxshilash,
ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini barqaror qilish hamda aholi
bandligini ta’minlash kabi taklif va murojaatlar bildirildi.
 

Deputat Qaxramon Makarov saylovchilar
takliflarini diqqat bilan tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda
hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanishini ta’kidladi. Shuningdek, joylardagi
yettiliklar faoliyatini kuchaytirish va aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil
etish muhimligi qayd etildi.
 

Uchrashuv samarali muloqot ruhida o‘tib,
saylovchilarning murojaatlari va fikrlari ish yuritishda muhim yo‘nalish sifatida
qayd etildi.
  

Slide 1 of 3