Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baxmal tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
⚡️Bugun, 15-avgust kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning beshinchi yig‘ilishini bo‘lib o‘tdi.

 ⚡️Bugun, 15-avgust kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning beshinchi yig‘ilishini bo‘lib o‘tdi. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur doimiy komissiya yig‘ilishida viloyat sog‘liqni saqlash va maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari mas’ul vakillarining hisobotlari eshitildi. 

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhining a’zolari ham ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari M.Pardayeva, Sh.Teshayev, J.Safarov, F.Ikromova va J.Jonibekovlar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari faoliyatini rivojlantirish hamda muammolarni hal etilish borasida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
 

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.  

Slide 1 of 7