Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
#jarayon

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi raisi S.Fayziyevaning aholi bilan tematik uchrashuvlari reja jadvalga asosan joriy yilning 8 avgust kuni Tibbiyot sohasi vakillari bilan “Tibbiy xizmat sifati, tibbiyot muassasalarining jixozlanishi, aholi uchun qulayligi, kadrlar muammosi” bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent viloyat Kengashining Fan ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolari, xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, Toshkent viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va o‘rinbosarlari, viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari boshliqlari ishtirok etishdi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i T.Arzikulov joriy yilning 7 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi. 

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan aholining Sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda hayot kechirishi uchun soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi va kelajakdagi zarur choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida soha vakillarining muammolari va takliflari eshitilib ularning yechimi yuzasidan zarur choralar belgilanib deputatlar tomonidan hamkorlik qilishga kelishildi. (https://telegra.ph/Tibbiyot-sohasi-vakillari-bilan-uchrashuv-otkazildi-08-08)

Slide 1 of 5