Yangiliklar

MAHALLIY KENGAŞ DEPUTATLARINING 24 BANDDAN IBORAT TAVSIYALARI ASOSIDA HUDUDDA ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

MAHALLIY KENGAŞ DEPUTATLARINING 24 BANDDAN IBORAT TAVSIYALARI ASOSIDA HUDUDDA ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "22-Vatan" saylov okrugi deputati Oleg Revtov mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida öz saylov okrugi hududidagi Vatan mahallasida örganiş işlarini olib bordi.

🕯 Örganiş davomida hududdagi boşqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati, obodonlaştiriş işlari, tozalikni saqlaş hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati közdan keçirildi. Şuningdek, köp qavatli uylarning tom va yertöla qismlarining holati örganilib, mavjud muammolar yuzasidan fuqarolar bilan muloqot qilindi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan deputat tomonidan şu yerning özida xizmat körsatuvçi BSK mas’ullariga 55-sonli köp qavatli uyning orqa qismini tozalaş, hududni tartibga keltiriş va obodonlaştiriş böyiça tegişli körsatmalar berildi.

💹 Bundan taşqari, mazkur hududdan 3-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasiga olib boruvçi yölni asfalt qoplamasi bilan ta’minlaş masalasi ham kötarildi. Uşbu muammoni hal etiş maqsadida tuman mas’ullariga deputatlik sörovi bilan murojaat qiliş zarurligi ta’kidlandi.

💼 Örganişda Uçtepa tumani Kengaşi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat boş mutaxassisi Umidbek Abilov, ekspert guruhi a'zosi Alişer Giyasov ham iştirok etdi.

📈 Bunday örganişlar hududlardagi mavjud muammolarni joyida aniqlaş, aholi murojaatlarini örganiş, mas’ul taşkilotlar faoliyati samaradorligini oşiriş hamda fuqarolar uçun qulay va obod yaşaş muhitini yaratişga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4