“Yoshlar bilan ishlash — ularning muammolarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va har bir yoshning salohiyatini ro‘yobga chiqarish demakdir. Yoshlar yetakchisining faoliyati samaradorligi, eng avvalo, yoshlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.”
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati N.Bayzakova tomonidan “O‘rikzor” mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan mahalla yoshlar yetakchilarining joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti doirasida “O‘rikzor” mahallasida yoshlar bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
♻️O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolarini aniqlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.